Osiyo Kubogi-2019. Bernd SHtange: "YO o'rdaklarni boqishim yo futbolga qaytishim kerak edi" » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:23 – Paulu Bentu ikkita o'yinda yoshlarni sinab ko'radi 
  • 18:21 – Ronaldu Madridda soch ko'chirib o'tkazish markazini ochdi 
  • 18:20 – Buyuk Britaniyaning eng boy kishisi "CHelsi"ni sotib olmoqchi 
  • 18:19 – Braziliyalik futbolchi Ukraina terma jamoasiga chaqirildi 
  • 18:18 – Pochettino: "Barselona" MYUdan bir bosh ustun" 
  • 18:18 – Aspilikueta: "CHelsi" oltinchi o'rinda ekanligiga ko'nika olmayapman" 
  • 18:17 – Messi "Real" bazasida mashg'ulot o'tkazdi 
  • 18:16 – Zidan Sadio Maneni "Real"da ko'rmoqchi 
  • 18:15 – Zidan qaytganiga qaramasdan Varan "Real"ni tark etish haqida o'ylab qoldi 
  • 18:14 – Omar Momanidan yangi karikatura: Sehrgar Messi 

Osiyo Kubogi-2019. Bernd SHtange: "YO o'rdaklarni boqishim yo futbolga qaytishim kerak edi"

Suriya terma jamoasi bosh murabbiyi Bernd SHtange intervyu berdi.
Bir yil oldin germaniyalik 70 yoshli mutaxassis maza qilib dam olayotgandi. Biroq unga futbolsiz hayot zerikarli ko'rindi. Natijada shu yilning yozida yana katta futbolga qaytib, Suriya terma jamoasini qabul qilib oldi. Bernd SHtange intervyu berar ekan, nima sababdan futbolga qaytgani hamda Suriya terma jamoasi bilan rejalari haqida gapirib berdi.

"Bir qarorga kelish men uchun qiyin bo'ldi. Ham o'zim, ham oilam uchun kelajakda nima qilishim lozimligini bilib olishim kerak edi. Oldimda ikkita yo'l turardi: birinchisi, uyimiz oldidan oqib o'tadigan daryoda suzib yuradigan o'rdaklarni boqish, ikkinchisi futbolga qaytib sevimli kasbim bilan shug'ullanish. Men bog'imizdagi gullarni kesib yoki bo'lmasa nabiralarimni o'ynatib yurishim ham mumkin edi, biroq futbol sevgisi ustunlik qilib oxiri katta futbolga qaytdim. Men Suriya terma jamoasidan tushgan taklif haqida ko'p o'yladim va yakunda bir qarorga keldim".

"1998-2001 yillar oralig'ida Avstraliyada ishlaganman. Avstraliyada futbol uchun hamma narsa bor: stadion, mashg'ulot maydonlari, baza, transport. U erda futbol professional darajaga ko'tarilgan. Suriyada aytarli hech nima yo'q, lekin bu erda g'alabaga chanqoq futbolchilar bor. Ular yutish uchun borlarini berishga tayyor".

"O'tgan yil Suriyaning Avstraliyaga qarshi ikkita o'yini ham ko'rdim. Menga Suriya birmuncha kuchlidek ko'ringandi, lekin omad Avstraliya tomonida bo'ldi. Ushbu o'yinlarni ko'rgach suriyalik futbolchilar bilan ishlash fikri tug'ildi. Axir ular juda mehnatkash. Biz navbatdagi Osiyo Kubogida yana Avstraliya bilan o'ynaymiz. Lekin etiborni faqat shu bahsga qaratmaymiz. CHunki Iordaniya bilan Falastin ham jiddiy raqib".

"Endilikda Suriyada ham futbolga nisbatan munosabat o'zgaryapti. Omar Al Soma, Omar Xrbin kabi futbolchilar aksar yoshlar uchun o'rnak hisoblanadi. Milliy chempionat bahslari yo'lga qo'yildi. Latakia, Aleppo, Xoms - xullas qaerga bormang, stadion to'la muxlislarni ko'rasiz. Futbol Suriyada tirik. Mana ko'rasiz, biz Osiyo Kubogida ham o'zimizni ko'rsata olamiz. Safimizda yoshlar bilan bir qatorda etakchilar ham bor".

"Futbolchilarimiz maydon holati yaxshimasligi, ovqatlanish kuchli emasligi haqida o'ylayotganlari yo'q. Ular faqat bir narsani xohlashyapti: Osiyoda o'zlarini ko'rsatishni. SHogirdlarim yosh bola emas, ular haqiqiy erkak. Men bu jamoa bilan Osiyo Kubogida g'olib chiqishni istayman", - deydi germaniyalik murabbiy.
Osiyo Kubogi-2019. Bernd SHtange: "YO o'rdaklarni boqishim yo futbolga qaytishim kerak edi"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram