Osiyo Kubogi-2019. Barchasi murabbiylar haqida » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:23 – Paulu Bentu ikkita o'yinda yoshlarni sinab ko'radi 
  • 18:21 – Ronaldu Madridda soch ko'chirib o'tkazish markazini ochdi 
  • 18:20 – Buyuk Britaniyaning eng boy kishisi "CHelsi"ni sotib olmoqchi 
  • 18:19 – Braziliyalik futbolchi Ukraina terma jamoasiga chaqirildi 
  • 18:18 – Pochettino: "Barselona" MYUdan bir bosh ustun" 
  • 18:18 – Aspilikueta: "CHelsi" oltinchi o'rinda ekanligiga ko'nika olmayapman" 
  • 18:17 – Messi "Real" bazasida mashg'ulot o'tkazdi 
  • 18:16 – Zidan Sadio Maneni "Real"da ko'rmoqchi 
  • 18:15 – Zidan qaytganiga qaramasdan Varan "Real"ni tark etish haqida o'ylab qoldi 
  • 18:14 – Omar Momanidan yangi karikatura: Sehrgar Messi 

Osiyo Kubogi-2019. Barchasi murabbiylar haqida

5 yanvar kuni BAA mamlakatida hisob bo'yicha 17-Osiyo Kubogi musobaqasi start oladi.
Unda tarixda ilk bor 24ta jamoa ishtirok etadi. Biz ushbu terma jamoalarning bosh murabbiylariga etibor qaratishga qaror qildik.

Faqatgina 4ta jamoani mahalliy mutaxassis boshqarmoqda: Avstraliya, KXDR, Yaponiya, Turkmaniston.

Qolgan 20ta jamoada xorijlik murabbiy ishlamoqda. Eng ko'p vakil Italiya, Sloveniya, Portugaliya va Argentinadan. Bu mamlakatlardan ikki nafardan murabbiy Osiyo Kubogida ishlaydi.

Osiyo Kubogida to'rt nafar osiyolik murabbiy ishlaydi: Kim Yong Jun (KXDR), Xajime Moriyasu (Yaponiya), Yazguli Xojageldiev (Turkmaniston), Vetnam bosh murabbiyi Park Xang Seo (Janubiy Koreya).

Ushbu Osiyo Kubogida Janubiy Amerika, Evropa, Avstraliya, Afrika va Osiyo qitasidan murabbiylar ishlaydi. Faqat SHimoliy Amerika qitasidan vakil yo'q. Afrikadan yagona vakil Falastin ustozi - Nuriddin Ould Ali (Jazoir).




Osiyo Kubogi-2019 murabbiylari qaysi davlatdan qancha:
Italiya - 2
Alberto Zakkeroni (BAA bosh murabbiyi)
Marchello Lippi (Xitoy)

Sloveniya - 2
Srechko Katanec (Iroq)
Yan Kochian (Yaman)

Portugaliya - 2
Paulu Bentu (Janubiy Koreya)
Karlush Keyrush (Eron)

Argentina - 2
Xuan Antonio Picci (Saudiya Arabistoni)
Ektor Kuper (O'zbekiston)

Germaniya - 1
Bernd SHtange (Suriya)

Gollandiya - 1
Pim Verbek (Ummon)

Serbiya - 1
Milovan Rayevac (Tailand)

Angliya - 1
Stefan Konstantin (Hindiston)

CHexiya - 1
Miroslav Soukup (Bahrayn)

Belgiya - 1
Vital Borkelmans (Iordaniya)

Rossiya - 1
Aleksandr Krestinin (Qirg'iziston)

Janubiy Koreya - 1
Park Xang Seo (Vetnam)

Ispaniya - 1
Feliks Sanches Bas (Qatar)

CHernogoriya - 1
Miodrag Radulovich (Livan)

Jazoir - 1
Nuriddin Ould Ali (Falastin)

Avstraliya - 1
Grem Arnold (Avstraliya)

KXDR - 1
Kim Yong Jun (KXDR)

Yaponiya - 1
Xajime Moriyasu (Yaponiya)

Turkmaniston - 1
Yazguli Xojageldiev (Turkmaniston)


Osiyo Kubogi-2019. Barchasi murabbiylar haqida
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram