Namangandagi “Markaziy” o'yingoh chimi yangilanadi, “Navbahor” yaqinda yangi bazaga ega bo'ladi » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 18:23 – Paulu Bentu ikkita o'yinda yoshlarni sinab ko'radi 
  • 18:21 – Ronaldu Madridda soch ko'chirib o'tkazish markazini ochdi 
  • 18:20 – Buyuk Britaniyaning eng boy kishisi "CHelsi"ni sotib olmoqchi 
  • 18:19 – Braziliyalik futbolchi Ukraina terma jamoasiga chaqirildi 
  • 18:18 – Pochettino: "Barselona" MYUdan bir bosh ustun" 
  • 18:18 – Aspilikueta: "CHelsi" oltinchi o'rinda ekanligiga ko'nika olmayapman" 
  • 18:17 – Messi "Real" bazasida mashg'ulot o'tkazdi 
  • 18:16 – Zidan Sadio Maneni "Real"da ko'rmoqchi 
  • 18:15 – Zidan qaytganiga qaramasdan Varan "Real"ni tark etish haqida o'ylab qoldi 
  • 18:14 – Omar Momanidan yangi karikatura: Sehrgar Messi 

Namangandagi “Markaziy” o'yingoh chimi yangilanadi, “Navbahor” yaqinda yangi bazaga ega bo'ladi

Namanganning “Navbahor” jamoasi yangi mavsum hozirligini allaqachon boshlab yubordi.
Namanganliklar klublar oldiga qo'yilayotgan eng asosiy talablardan biri – yaxshi shart-sharoitga ega stadion hamda yaxshi holatdagi maydonga ega bo'lish maqsadida ish-reja ishlab chiqib, uni amalga oshirish ishlarini boshladi.

Klub vice-prezidenti SHamshod Sarikovning takidlashicha, Namangandagi “Markaziy” stadion chimi to'liq yangilanadi. Hozirda “Navbahor” jamoasining uy stadioniga Gollandiyadan sifatli chim olib kelish bo'yicha faol ish olib borilmoqda ekan.

- PFL klublardan yaxshi infratuzilmaga ega bo'lish, ayniqsa, stadion va yaxshi holatdagi maydonda o'yinlarni o'tkazishni talab qilayotgani juda to'g'ri. Bu talablarning qatiy ijrosini allaqachon qilish kerak edi. Mana bizning klub ham ushbu talablar ijrosi “Navbahor” uchun juda foydali ekanini to'liq anglagan holda bu borada eng shimarib ish boshlab yubordik.



Bilasizmi, “Markaziy” stadionning yonginasida bizning zaxira maydonimiz ham mavjud. Aynan mana shu zaxira maydoni chimini ham yaxshi holatga keltirmoqdamiz. SHu bilan bir qatorda asosiy o'yinlarimiz o'tadigan “Markaziy” o'yingohda ideal holatdagi chimga ega bo'lish borasida ham ishlayapmiz. CHimni Gollandiyadan olib kelamiz. Hozirda “Markaziy” stadiondagi maydon chimini ehtiyotkorlik bilan ko'chirib olib, uni zaxira maydoniga o'tkazyapmiz. Asosiy stadion maydoniga esa Gollandiyadan keltiriladigan sifatli chim joylashtiriladi.

CHimni hamisha yaxshi holatda ushlab turish uchun unga mavsum davomida ham yaxshilab parvarish lozim bo'ladi. SHuni inobatga olib, sug'orish tizimini ham italyan texnologiyasi asosida yangilayapmiz. Parvarishlaydigan uskunalar ham zamonaviylariga almashtirilyapti.






Yaqin orada Namangandagi “Markaziy” o'yingohda ham sifatli maydon bo'ladi va muxlislar nasib etsa kelgusi yili yaxshi holatdagi maydondagi o'yinlarimizni mazza qilib tomosha qilishadi.

Yangi mavsum oldidan yaxshi tuzilmaga ega bo'lish uchun ancha ter to'kamiz hali. Yana bir yangilik shundan iboratki, To'raqo'rg'onda “Navbahor” jamoasi uchun yangi o'quv-mashg'ulot qarorgohi barpo etish ishlari ham boshlanish arafasida. Bu borada hali yana batafsil malumot beramiz. Asosisyi shuni takidlay olamanki, yaqin orada “Navbahor” yurtimizdagi eng yaxshi sharoitga ega qarorgoh bilan taminlanadi, - dedi SHamshod Sarikov.
Namangandagi “Markaziy” o'yingoh chimi yangilanadi, “Navbahor” yaqinda yangi bazaga ega bo'ladi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram