Mourino: "4ta gol urdik, biroq hisob 2:2"
- 06.12.2018, 10:37,
- Yangiliklar
- 0
202
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
APLning 15-turi doirasida "Arsenal" bilan o'ynalgan durangdan keyin "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourino shunday fikrlarni bildirdi:
- Biz 2:2 hisobida durang o'ynadik, 4 gol urdik. O'zimizga zarba berishda juda yaxshi bo'ldik. Haqiqatdan ham jamoa so'nggi 4 o'yinda g'alaba qozonmayapti. Natija yomon, biroq MYU mag'lub bo'lmayapti.
O'yinda g'alaba qozonishimiz kerak edi. Ammo ikkita juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydik. Top-darajada o'yin ko'rsatayotgan vaqtimiz yoqimsiz ikkinchi golni qo'yib yubordik.
Gari Nevill o'zini so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi o'ng qanot himoyachisi deb hisoblayversin. Keyingi 10 yillikda Dalot bu joyda bo'ladi.
Yigitlarning o'yinga bo'lgan munosabati yaxshi bo'ldi. Ular ilk daqiqalardan yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Dalot, Roxo, Darmian va Smolling ancha qiynaldi, biroq bor kuchi bilan o'yinda harakat qildi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
