Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

"Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi

SHu kunlarda yurtimizda bayram munosabati bilan turli musobaqalar bo'lib o'tmoqda.
Jizzax viloyat futbol federaciyasi va G'allaorol tuman Bolalar-o'smirlar sport maktabi bilan hamkorlikda 2018 yil "Faol tadbirkorlik, innovacion g'oyalar va texnologiyalarni ko'llab-kuvvatlash" yili hamda 14 yanvar "Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlab sportning futbol turi buyicha 2005-2006 va 2008-2009 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida Respublika ochiq turniri bo'lib o'tdi.

Unda Respublikamiz barcha viloyatlari jumladan, Marg'ilon shahri ,Farg'ona viloyati, Buxoro shahri ,Samarqand viloyati ,Qo'qon, Guliston ,Sirdaryo, Namangan, Navoiy hamda G'allaorol tumanidan futbol maktablari tarbiyalanuvchilari o'zaro bellashdilar.

2005-2006 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida finalga G'allaorol BO'SM va Marg'ilon BO'SM tarbiyalanuvchilari o'zaro bellashdilar. Unda 3:1 hisobida G'allaorol BO'SM tarbiyalanuvchilari g'alaba qozondi.

2008-2009 yillarda tug'ilgan bolalar o'rtasida finalga G'allaorol BO'SM va Guliston BO'SM tarbiyalanuvlari o'zaro bahs olib borishdi va 5:3 hisobida G'allaorol BO'SM tarbiyalanuvchilari g'alaba qozondi.

Turnir yopilish marosimida Jizzax viloyat Futbol Federaciyasi birinchi vice-prezidenti Anvar Musulmanov turnir g'oliblarini medallar va estalik sovg'alari bilan taqdirladilar.

- Bizning maqsadimiz avvalo O'zbekiston futboliga o'z hissamizni qo'shish va yoshlar charm to'p ustalari orasida eng yaxshilarni saralab , viloyatimiz va mamlakatimiz futbol akademiyalariga yo'naltirishdir. Ishonamanki ,ular kelajakda milliy terma jamoalarimiz uchun etuk futbolchilar bo'lib etishishadi. Kelajakda ham bunday tadbirlarni ko'plab o'tkazish rejalashtirilgan - deydi G'allaorol BO'SM murabbiyi Bahriddin Rahmonqulov.

"Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi

"Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi

"Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi

"Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi

"Vatan himoyachilari kuni"ga bag'ishlangan musobaqa bo'lib o'tdi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar