Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

OCHL-2019. Guruh bosqichiga qura tashlandi

Osiyo futbol Konfederaciyasining Kuala-Lumpurdagi qarorgohida 2019 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
2018 yilgi O'zbekiston chempioni yangi mavsum Osiyo chempionlar ligasida "B" guruhida ishtirok etadi. Ushbu guruhda "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni) va "Al Vahda" (BAA) klublari ham joy oldi. So'nggi jamoa pley-offdan so'ng malum bo'ladi. Davogarlar: "Ar Rayyan" (Qatar), "Saypa" (Eron) va "Minerva Punjab" (Hindiston)

O'zbekiston vice-chempioni bo'lgan klub Iroqning "Eyr Fors" va BAAning "Al Nasr" klublarini mag'lub eta olsa "D" kvartetidan joy oladi. Bu guruhda "Persepolis" (Eron), "Al Sadd" (Qatar) va "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) klublari bor.

Nihoyat, O'zbekiston kubogi sohibi AGMK klubi agar "Istiqlol" (Tojikiston) va "Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) klublarini mag'lub etsa "A" guruhida o'ynaydi. Ushbu guruhda "Al Vasl" (BAA) va "Al Zavra" (Iroq) klublari bor. Yana bir jamoa nomi pley-off bosqichidan so'ng malum bo'ladi. Davogarlar: "Al Garafa" (Qatar), "Zob Ohan" (Eron), "Al Vihdat" (Iordaniya) va "Kuvayt SK" (Kuvayt)



OCHL-2019 saralashi
G'ARB MINTAQASI
Birinchi bosqich
5 fevral
"Al Vihdat" (Iordaniya) - "Kuvayt SK" (Kuvayt)

Ikkinchi bosqich
12 fevral
O'zbekiston vice-chempioni - "Eyr Fors" (Iroq)
AGMK (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston)
"Saypa" (Eron) - "Minerva Punjab" (Hindiston)
"Zob Ohan" (Eron) - "Al Vihdat" (Iordaniya) yoki "Kuvayt SK" (Kuvayt)

Pley-off bosqichi
19 fevral
1."Al Nasr" (BAA) - O'zbekiston vice-chempioni yoki "Eyr Fors" (Iroq)
2."Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) - AGMK (O'zbekiston) yoki "Istiqlol" (Tojikiston)
3."Ar Rayyan" (Qatar) - "Saypa" (Eron) yoki "Minerva Punjab" (Hindiston)
4."Al Garafa" (Qatar) - "Zob Ohan" (Eron) yoki "Al Vihdat" (Iordaniya) yoki "Kuvayt SK" (Kuvayt)



SHARQ MINTAQASI
Birinchi bosqich
5 fevral
1."Seres Negros" (Filippin) - "Yangon Yunayted" (Myanma)
2."Xoum Yunayted" (Singapur) - Indoneziya chempioni

Ikkinchi bosqich
12 fevral
1."Perak" (Malayziya) - "Kitchi" (Gonkong)
2."Bankok Yunayted" (Tailand) - "Xa Noi" (Vetnam)
3."CHiangrai Yunayted" (Tailand) - Birinchi bosqich 1 g'olibi
4."Nyukasl Jets" (Avstraliya) - Birinchi bosqich 2 g'olibi

Pley-off bosqichi
19 fevral
1.Janubiy Koreya 4-klubi - Ikkinchi bosqich 1 g'olibi
2.Xitoy 4-klubi - Ikkinchi bosqich 2 g'olibi
3.Yaponiya 3-klubi - Ikkinchi bosqich 3 g'olibi
4.Yaponiya 4-klubi - Ikkinchi bosqich 4 g'olibi





OCHL-2019 guruh bosqichi

"A" guruhi
"Al Vasl" (BAA)
"Al Zavra" (Iroq)
Pley-off bosqichi 4 g'olibi
Pley-off bosqichi 2 g'olibi

"B" guruhi
"Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni)
"Al Vahda" (BAA)
O'zbekiston chempioni
Pley-off bosqichi 3 g'olibi

"C" guruhi
"Al Duhail" (Qatar)
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
"Al Ayn" (BAA)
"Istiqlol" (Eron)

"D" guruhi
"Persepolis" (Eron)
"Al Sadd" (Qatar)
"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni)
Pley-off bosqichi 1 g'olibi

"E" guruhi
Janubiy Koreya 3
"Joxor" (Malayziya)
SHarqiy pley-off 4 g'olibi
SHarqiy pley-off 2 g'olibi

"F" guruhi
"Guanchjou Evergrand" (Xitoy)
Janubiy Koreya 2
"Melburn Viktori" (Avstraliya)
SHarqiy pley-off 3 g'olibi

"G" guruhi
Yaponiya 2 g'olibi
Xitoy 2 g'olibi
"CHonbuk Xyunday Motors" (Janubiy Koreya)
"Buriram Yunayted" (Tailand)

"H" guruhi
"Sidney" (Avstraliya)
"Kavasaki Fronteyl" (Yaponiya)
"SHanxay SIPG" (Xitoy)
SHarqiy pley-off 1 g'olibi
OCHL-2019. Guruh bosqichiga qura tashlandi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar