Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

Ispaniyada mashg'ulotlarda qatnashayotgan yosh futbolchilar Madrid bo'ylab sayohat qilishdi

“Real” klubi akademiyasida xorijlik mutaxassislar qo'l ostida mashg'ulot va master klasslarda ishtirok etayotgan futbolchilarimiz Madrid shahri bo'ylab sayohatga chiqishdi.

“Real” klubi akademiyasida xorijlik mutaxassislar qo'l ostida mashg'ulot va master klasslarda ishtirok etayotgan futbolchilarimiz Madrid shahri bo'ylab sayohatga chiqishdi. Dastlabki tashrif “Real” stadioni hamda muzeyiga bo'ldi.

“Real” klubi muzeyiga tashrif buyurgan bolalarga maxsus biriktirilgan xodim, muzey xonalari, muzeydagi eksponatlar, klub tarixi, klubga mehnati singgan futbolchilar, xodimlar bilan tanishtirdi. Muzeydagi eksponatlar, muzey haqidagi malumotlar o'zbekistonlik yosh futbolchilarda juda ham katta qiziqish uyg'otdi. Bolalar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan muzey xodimiga murojjat qilib, o'zlariga kerakli malumotlarni oldilar.

SHundan so'ng “Real” stadioniga tashrif amalga oshirildi. Stadionning kiyim almashtirish xonalari, mashg'ulot maydoni, asosiy stadion, hamda boshqa binolar bilan tanishishdi. “Santyago Bernabeu”ning restoraniga kirishganda, stadion mutasaddilari tomonidan ularga syurpriz tayyorlab qo'yilgan ekan. Ular ushbu restoranda “Real” mutaxassislari bilan birgalikda bayramona tushlik qildilar.

Stadion hamda muzey bilan tanishib bo'lgach, bolalar Madrid shahridagi tarixiy obidalar, diqqatga sazovor joylar bilan tanishishdi. Sayohat yaxshi o'tishi uchun klub tomonidan barcha qulayliklar yaratib berildi. Ushbu sayohat bolalarning bir umr yodlarida qolib, ularning futbolga bo'lgan qiziqishlarini orttirishi shubhasiz.

Bugundan boshlab, “Real” akademiyasida o'tkazilayotgan mashg'ulotlar davom ettiriladi.




Ispaniyada mashg'ulotlarda qatnashayotgan yosh futbolchilar Madrid bo'ylab sayohat qilishdi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • +1
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar