Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

OFK Prezidenti SHavkat Mirziyoevni tabrikladi

OFK Prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi U-23 Osiyo chempionatida g'alaba qozonib, chempionlikka erishgani munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevni tabrikladi.
“Muhtaram SHavkat Miromonovich! Sizga va O'zbekiston xalqiga Xitoyda o'tkazilgan U-23 Osiyo chempionatida Olimpiya terma jamoasining g'olib bo'lishi munosabati bilan o'zimning samimiy tabriklarim va eng yaxshi tilaklarimni izhor etish men uchun katta sharaf.

Markaziy Osiyo mintaqasidan birinchi bo'lib U-23 Osiyo chempionatida g'oliblikka erishgan mamlakat sifatida butun jamoa azolarining musobaqa chog'ida matonat va fidoiylik ko'rsatganliklari maqtovga loyiqdir.

Aminmanki, ushbu futbolchilar kelgusida O'zbekiston futboli muvaffaqiyati yo'lida asosiy rolni bajaradilar va mamlakatingiz hamda Osiyoni faxrga to'ldiradilar.

Aniq aytishim mumkinki, O'zbekiston Respublikasi hukumatining say-harakatlari bilan o'zbek futbolining kelajagi porloq bo'ladi.

Sizni ishontirib aytamanki, ajoyib mamlakatingizda futbolni yanada rivojlantirish va targ'ib qilish uchun doimo yordamga tayyorman.

Eng samimiy tilaklar bilan,

SHayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa”.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar