Modrich: Nega PSJdan qo‘rqishimiz kerak?
- 28.01.2018, 13:08,
- Yangiliklar
- 0
1 041
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida PSJga qarshi bo‘lib o‘tadigan ikki muhim bahch oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Parijda ajoyib jamoa yig‘ilgan, lekin, biz kuchliroqmiz. Biz EChLda ketma-ket 2 marta g‘olib chiqqan yagona jamoamiz. Futbolda qo‘rquv yo‘q, ayniqsa “Real”da. Nega endi biz PSJdan cho‘chishimiz kerak?
Biz so‘nggi yillarda ushbu turnirda o‘zimizni juda yaxshi his qilyapmiz. Chunki biz “Real”miz. Shu bois bizning qanday o‘yin namoyish etayotganimizdan qat’iy nazar har klub Chempionlar ligasida bizga qarshi maydonga tushishni istamaydi”, - deydi xorvatiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” hamda PSJ jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 14 fevral kuni Madridda bo‘lib o‘tadi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Sports.uz
Reyting:

- +4
