Utkin: "Ermatov? Kechirim so'radim, u menga sovg'a berib yuboripti" » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 14:08 – "Inter" Ziesh uchun kurashga qo'shildi 
  • 14:06 – PSJning yozdagi asosiy transfer maqsadi malum bo'ldi 
  • 14:05 – "Manchester Siti" o'zining transfer rekordi yangilamoqchi 
  • 12:34 – "Everton"ga qarshi bahsdan so'ng MYU futbolchilari janjallashishdi 
  • 12:33 – "Barselona" rahbariyati hamda Koutino agenti o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi 
  • 11:31 – Fabregas Mbappe haqida: "Ikkinchi Messi bo'lishi mumkin emas. Ronaldu? SHunga o'xshashlikni ko'ryapman" 
  • 11:30 – Mbappe Useyn Boltdan o'zib ketdi 
  • 11:29 – Valverde "trebl" haqida so'z ochdi 
  • 11:28 – MYU ECHLga chiqa olmasa kimlar klubni tark etishi malum bo'ldi 
  • 11:28 – “CHelsi”-“Byornli”. Xadson-Odoi jarohat oldi 

Utkin: "Ermatov? Kechirim so'radim, u menga sovg'a berib yuboripti"

Rossiyalik mashhur sharhlovchi Vasiliy Utkin sports.ru nashriga intervyu berdi va unda FIFA referisi Ravshan Ermatovdan kechirim so'raganini aytdi.
- So'nggi marta qachon alkogolli ichimlik ichdingiz?

- Mart oxirida. 11 oydan beri spirtli ichimlik ichmayotgan edim. Faqat tug'ilgan kun va Yangi yil atrofida bu ishni qilaman. Menga shunday yashash qulay. Alkogol kerak emas. Undan voz kechganman - bu yoshga bog'liq narsa. U faqat zarar keltirishini tushundim. Jonga tegdi.

- Unday bo'lsa Ravshan Ermatov haqidagi tvitingiz qanday holatda yozilgan?

- Aytdim-ku, mart oxirida ichganman. Ravshan Ermatov boshqargan o'yinni Federaciya kengashining hozirgi va sobiq vakillari bilan restoranda tomosha qildim.

- Mast bo'lmagan paytingizda ham tilingizga ehtiyot bo'lishingiz kerak edi.

- Kechirim so'radim. Aytgancha, o'tgan hafta Denis Kazanskiy (sharhlovchi) bilan yozishdim. U O'zbekistonda yarim final va final bahslarini sharhladi. Aytishicha, Ravshan menga sovg'a yuboripti.

Eslatib o'tamiz, Xorvatiya - Argentina uchrashuvi paytida Utkin "Tvitter"dagi sahifasi orqali jahon chempionati rekordchisi, FIFA referisi Ravshan Ermatovni haqorat qilgan edi. SHarhlovchi keyinroq bu ishi uchun kechirim so'radi.
Utkin: "Ermatov? Kechirim so'radim, u menga sovg'a berib yuboripti"
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram