Бесплатно модули и шаблоны DLE скачать шаблоны для веб сайтов

"Nasaf" Turkiya quyi divizioni klubini mag'lub etdi, bugun Ukraina jamoasi bilan o'yin

Qarshining "Nasaf" klubi Turkiyadagi yig'in doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
Nazorat uchrashuvi, Turkiya quyi ligasi vakili “Tarsus Idman Yurdu” jamoasi bilan bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda "Nasaf" 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Dastlabki gol birinchi bo'limning 10-daqiqasida Dragan CHeran tomonidan kiritildi. Ikkinchi gol 78-daqiqada yosh hujumchi Dilshod Xushbakov tomonidan urildi.

"Nasaf" safida birinchi bo'limda maydonga tushganlar: Sanjar Quvvatov, Murodjon Toshmatov, Umarbek Eshmurodov, Igor Golban, Mirg'iyos Sulaymonov, Jasur Hasanov, Najmiddin Normurodov, Dilshod Saitov, Jahongir Aliev, Sanjar Rashidov, Dragan CHeran.

"Nasaf" safida ikkinchi bo'limda maydonga tushganlar: Umidjon Ergashev, SHerzod Nasrullaev, Ilhom Alijonov, G'olib G'aybullaev, Sardor Sadullaev, Islom Kenjaboev, Akmal Mozgovoy, SHarof Muhitdinov, Xudoyorxon Sag'dullaev, Islom Rashidxonov, Dilshod Xushbakov.

“Nasaf” navbatdagi nazorat uchrashuvini bugun, 13 yanvar kuni Ukrainaning “Vorskla” klubiga qarshi o'tkazadi. Bahs mahalliy vaqt bilan soat 16:00da (Toshkent vaqti 18:00) boshlanadi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
рейтинг новости: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
КОММЕНТИРОВАТЬ
иконка
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 3 дней со дня публикации.
Опрос
Оцените работу движка
Muhim yangiliklar