Ronalduning xayrlashuv maktubi » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 23:00 – Valverdening "Barselona" safida qayd etgan natijasi 
  • 22:52 – "Liverpul" "Barselona" futbolchisini nishonga oldi 
  • 22:51 – Mourinoning istefosi borasidagi qiziq holat 
  • 22:51 – CHempionlar Ligasi mukofot puli - 2 mlrd evrodan ko'proq. UEFA shuncha mablag'ni qaerdan olyapti? 
  • 22:49 – Evropa ligasi. Haftaning eng yaxshi futbolchisi elon qilindi 
  • 22:48 – Omar Momanidan yangi karikatura: Mourinoning qimmatli istefosi 
  • 22:36 – G'alati... Vasilev nima uchun "Monako"dan istefoga chiqarildi? 
  • 22:35 – MYUning ikki etakchisi muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi 
  • 20:35 – MYUning ikki etakchisi muhim o'yinlarni o'tkazib yuboradi 
  • 20:18 – Neymar qachon safga qaytishini malum qildi 

Ronalduning xayrlashuv maktubi

Portugaliyalik superyulduz Krishtianu Ronaldu Madrid klubini tark etishi arafasida muxlislarga xayrlashuv xatini yozdi.
«Real Madrid» va Madrid shahridagi o'tkazgan yillarim, balki, hayotimdagi eng baxtli damlari edi.

Klub, muxlislar va shahardan juda minnatdorman. Muhabbatingiz va menga bo'lgan etiboringiz uchun rahmat aytmoqchiman.

Ammo hayotimdagi yangi bosqichni boshlash fursati etdi deb o'ylayman. SHu bois klubdan meni qo'yib yuborishni so'radim. Bu mening istagim va shu bois barchadan, ayniqsa muxlislardan meni tushunishlarini so'rab qolaman.

Birgalkda ajoyib 9 yilni o'tkazdik. Bu g'aroyib 9 yil edi. Bu bosqich qiyinligiga qaramay qiziqarli va shiddatli bo'ldi, sababi «Real»dagi talablar va majburiyat juda ulkan. Ammo ushbu g'aroyib tarzda futboldan zavq olganimni hech qachon unutmayman.

Maydonda va kiyim almashtirish xonasida ajoyib sheriklarim bor edi. Qoyilmaqom muxlislarimizning madadini doim his qilganman, birgalikda besh yilda 4 marta va uch bor ketma-ket ECHLda g'olib bo'ldik. Ular bilan birga to'rtta «Oltin to'p» va uchta «Oltin butsa»ga ega bo'ldim.

«Real» – katta va o'zgacha klub. U mening va butun oilamning yuragini zabt etdi. Hozir oldingidan ham ko'ra ko'proq barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman: butun klubni, prezidentni, rahbarlarni, sheriklarimni, barcha murabiylarni, shifokorlarni, fizioterapevtlarni va mayda detallarga etibor qilib klub faoliyatida katta o'rin tutadigan barcha ajoyib xodimlarga rahmat.

Ko'p o'yladim va yangi davr uchun vaqt kelganini tushundim. Ketayapman, ammo qaerda bo'lsam ham bu futbolka, bu emblema va «Santyago Bernabeu» men uchun qadrli bo'lib qoladi.

Barchaga rahmat. Albatta 9 yil oldin ushbu stadionda ilk bor aytganimdek, takrorlayman:

¡Hala Madrid!
Ronalduning xayrlashuv maktubi
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram