Ispaniya FF Superkubok o'yini Marokashda o'tkazilishini tasdiqladi
- 10.07.2018, 21:27,
- Yangiliklar / muhim
- 0
209
Facebook
Вконтакте
Одноклассники
Google+
Ispaniya Qirollik futbol federaciyasi mamlakat Superkubogi o'yinini yagona uchrashuvdan iborat bo'lishi va uning Marokashda o'tkazilishini rasman tasdiqlab berdi.
Ushbu o'yin 12 avgust, yakshanba kuni Marokashning Tanjer shahrida bo'lib o'tadi. Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritish uchun “Barselona” va “Sevilya” jamoalari maydonda saf tortishadi.
Avval xabar berilganidek, har bir jamoa o'zi uchun ajratilgan 6 000 dona chiptaga ega bo'ladi. Qolgan chiptalar esa internet orqali sotuvga chiqariladi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting:

- 0
