Ronalduning "Yuventus"ga o'tishiga besh sabab » Fut.su - Futbol yangiliklari | Tas-ix
Авторизация все шаблоны для dle на сайте newtemplates.ru скачать
 
  • 15:36 – Sarri "CHelsi"ni tark etsa, klub unga millionlab funt to'lab beradi 
  • 15:35 – "Inter" "Barselona" futbolchisini xarid qilishga yaqin turibdi 
  • 15:34 – "CHelsi" Zidan va Lempard variantlarini ko'rib chiqmoqda 
  • 15:33 – "Nasaf": Mavsumiy chiptalarni xarid qiling 
  • 15:33 – De Bryuyne: "Maqsadimiz - har bir o'yinda g'alaba qozonish" 
  • 15:32 – Pike: "Yaxshi hamki xokkeyda "Real" yo'q, aks xolda..." 
  • 15:31 – OCHL-2019. Xavi, Slaven Bilich va yaqin uch oyda Toshkentga kelishi mumkin bo'lgan boshqa yulduzlar 
  • 15:30 – "Barselona" 2008 yilda Benzemani xarid qilmoqchi bo'lgan ekan 
  • 15:27 – Karikatura: Sulsher Londonni zabt etdi 
  • 15:26 – OCHL-2019. "Lokomotiv" va "Paxtakor" qachon va kim bilan o'ynaydi? 

Ronalduning "Yuventus"ga o'tishiga besh sabab

SHu kunlarda ommaviy axborot vositalari, xususan turli internet nashrlarida "Real Madrid" klubining portugaliyalik hujumchisi, besh karra "Oltin to'p" sohibi Krishtianu Ronalduning "Yuventus" klubiga ko'chib o'tishi haqidagi xabarlar tinmayapti.
Keling, biz Ronalduning Italiya klubiga o'tishi haqidagi 5 ta asosiy sabablarni o'rganib chiqamiz:

1. Ronaldu hozirgacha kuchli beshlik chempionatlaridan Angliya va Ispaniya chempionatlarini zabt etdi, bu klublar safida mamlakat chempion bo'ldi, ECHLni zabt etdi, endi unda yana bir kuchli beshlik chempionatlarida o'ynab ko'rish istagi tug'ilgan bo'lishi mumkin.

2. "Real Madrid" klubi prezidenti Florentino Perec futbolchilar orqali qanday daromad qilishni biladi, Ronalduning yoshi o'tib borayapti, natijalar chakki emas paytida sotib yuborishni ko'zlab, portugaliyalikni "Yuventus"ga o'tishiga qarshilik qilmayotgan bo'lsa kerak.

3. Krishtianu Ronaldu "Real Madrid" rahbariyati bilan shaxsiy shartnoma bandlari bo'yicha kelisha olmayotganligi haqida ko'plab xabarlar urchidi, agar bu xabarlar rost bo'lsa Ronaldu qo'ygan talablarni aynan Turin klubi bajarishga rozi bo'lgan va portugaliyalik futbol yulduzining klubdagi oylik maoshi uchun yuqori narx belgilagan bo'lishi mumkin.

4. "Real Madrid" klubi anchadan beri shov-shuvli transferni amalga oshirmadi. Jamoaga Neymar, Mbappe, Eden Azar kabi futbolchilardan biri kelayotgan bo'lishi mumkin. "Real Madrid" klubi yoshi o'tib borayotgan Ronalduni sotish orqali feyr-pley qoidalarini mos ravishda bajarishni ko'zlayotgan bo'lishi mumkin.
Ronalduning "Yuventus"ga o'tishiga besh sabab

5. Krishtianu Ronalduni Italiyada muxlislari ko'p, buni o'zi yaxshi biladi. Besh karra "Oltin to'p" sohibi tabiiyki o'zining maydondagi harakatlari olqishlanishini istaydi. Etibor bergan bo'lsangiz so'ngi ECHL finalida Ronalduning kayfiyati doimgidek emas edi. CHunki o'sha uchrashuvda portugaliyalik gol ura olmadi. Aynan o'sha uchrashuvdan keyin uning "Real Madrid"dan ketishi xaqidagi xabarlar keskinroq yangray boshlagandi.

Portugaliyalik futbol yulduzi, besh karra oltin to'p sohibi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga ko'chib o'tishi haqidagi xabarlar hali rasman tasdig'ini topgani yo'q. Ronaldu "Real Madrid"da qolishi yoki butunlay boshqa jamoaga o'tishi ham mumkin, uning iqtidori har qanday chempionatda to'p surishga etadi.скачать dle 11.0фильмы бесплатно
Manba: Championat.asia
Reyting: 
  • Не нравится
  • 0
  • Нравится
Fikr yozish
Ijtimoiy tarmoqlarda
  • Vkontakt
  • Facebook
  • Telegram